Dastur haqida
Ordinatura dasturi "Terapevtik stomatologiya" mutaxassisligi bo'yicha o'quvchilarga qattiq to'qimalar patologiyasi, parodont va og'iz shilliq qavat kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni diagnostika va davolash masalalarida klinik tafakkurni rivojlantirishga, terapevtik profildagi asosiy stomatologik kasalliklarni diagnostika va davolashning zamonaviy usullaridan foydalanishda qo'l mahoratini egallashga imkon beradi. Klinik ordinaturada o'qiyotganlarga zamonaviy terapevtik stomatologiya yo'nalishlari bo'yicha master-klasslarda, tibbiy ilmiy va klinik konferentsiyalarda ishtirok etish imkoniyati taqdim etiladi.










