Dastur haqida
Dastur tashqi iqtisodiy faoliyat, xalqaro moliya va investitsiyalar sohasida o‘z karyerasini qurishni istaganlar uchun ishlab chiqilgan. Ushbu dasturda talaba tashkilotning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish, risklarni boshqarishning alohida funksional yo‘nalishlarini ishlab chiqish, statistik ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi mumkin.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Ta’limni tamomlaganingizdan so‘ng, tanlagan moliya sohangizga qarab, turli lavozimlarda faoliyat yuritishingiz mumkin.
Korxona moliyasini boshqarish sohasida siz iqtisodchi, tahlilchi, sug‘urta kompaniyalari va kompaniyalarning moliyaviy bo‘linmalarida risk-menejer, biznes-tahlilchi, innovatsion loyihalar rahbari, auditor, buxgalter yoki iqtisodchi bo‘lib ishlashingiz mumkin.
Bank sohasida siz moliyaviy tahlilchi, investitsiyalar bo‘yicha mutaxassis, kredit eksperti, operatsion xodim, mijozlar bilan ishlash menejeri va boshqa lavozimlarga da’vogarlik qilishingiz mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida siz moliyaviy tahlilchi, investitsiyalar bo‘yicha risk-menejer, treyder yoki broker sifatida faoliyat yuritishingiz mumkin.