Dastur haqida
Dastur kompaniyalarning moliyaviy-iqtisodiy bo‘linmalariga rahbarlik qilish, bank sektori va qimmatli qog‘ozlar bozorida mutaxassis bo‘lib ishlash, shuningdek investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, baholash va xatarlarni boshqarish sohalarida karyera qurishni istaganlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu dasturda ta’lim oluvchi hisob-kitob operatsiyalarini yuritish, bank sohasida kredit operatsiyalarini amalga oshirish va xatarlarni boshqarish, shuningdek kompaniya moliyasini boshqarish va investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini asoslash, qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish hamda brokerlik faoliyati sohalarida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi mumkin.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Ta’limni tamomlaganingizdan so‘ng, tanlagan moliya sohangizga qarab turli lavozimlarda faoliyat yuritishingiz mumkin.
Korxona moliyasini boshqarish sohasida iqtisodchi, tahlilchi, sug‘urta kompaniyalari va kompaniyalarning moliyaviy bo‘linmalarida risk-menejer, biznes-tahlilchi, innovatsion loyihalar rahbari, auditor, buxgalter yoki iqtisodchi bo‘lib ishlashingiz mumkin.
Bank sohasida moliyaviy tahlilchi, investitsiyalar bo‘yicha mutaxassis, kredit eksperti, bank operatsiyalari mutaxassisi, mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejer va boshqa lavozimlarga da’vogarlik qilishingiz mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy tahlilchi, investitsiyalar bo‘yicha risk-menejer, treyder yoki broker sifatida faoliyat yuritishingiz mumkin.