Dastur haqida
Dastur biznesni rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish sohalarida zamonaviy bilimlarga ega, keng yo‘nalishli boshqaruvchilarni tayyorlashga qaratilgan. Ular kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, bozor qiymatini ko‘paytirish bo‘yicha yuqori samarali faoliyatni amalga oshirishga qodir. Talabalar biznesni tashkil etish va boshqarish; moliyaviy boshqaruv va kompaniyaning moliyaviy strategiyalarini ishlab chiqish; biznesni tashkil etishning funksional sohalari — ta’minot, ishlab chiqarish va distribyutsiyada logistika jarayonlarini boshqarish va optimallashtirish; tovarlar (xizmatlar) raqobatbardoshligini baholash; bozor imkoniyatlarini tahlil qilish va yangi biznes g‘oyalarini shakllantirish sohalarida bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar








