Dastur haqida
Dastur boshqaruv, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, huquq va sotsiologiya sohalarida bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi. Dastur bitiruvchilari boshqaruv qarorlarini qabul qilish nazariyasi va usullarini mukammal egallaydilar. Bitiruvchilarning kompetensiyalariga davlat, fuqarolik va munitsipal xizmatda, davlat-xususiy sheriklik loyihalarida, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va kompleks rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalarda talab yuqori. Ta’lim jarayonida talabalar davlat hokimiyati organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va biznes hamjamiyati bilan muloqotga jalb etiladi. Talabalarimiz davlat va munitsipal darajalarda qarorlar qabul qilish jarayonining faol ishtirokchilaridir.








