Dastur haqida
Agar taqsimlangan korporativ tizimlar va veb-ilovalar, ma’lumotlar bazasi tizimlari, korxonani boshqarish tizimlari, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish dasturiy majmualari, tizim komponentlari va boshqa ko‘plab yechimlarni loyihalash, ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish hamda joriy etishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, bu dastur aynan siz uchun. Siz dasturlash asoslaridan tortib taqsimlangan ishlab chiqish tamoyillarigacha bo‘lgan texnologik yo‘nalishni o‘zlashtirasiz, zamonaviy kompyuterlar va tarmoqlarning apparat asoslarini o‘rganasiz. Natijada samarali algoritmlarni yaratish imkoniga ega bo‘lasiz.








