Dastur haqida
Agar dasturlash va kompyuter fanlarini chuqur o‘rganishni, sun’iy intellekt va kompyuter ko‘rish tizimlarini loyihalashni, tasvirlarga ishlov berish va ularni tanib olishni, fizik-texnik jarayonlarni kompyuterda modellashtirishni hamda o‘ta katta hajmdagi axborotni qayta ishlashni istasangiz, bu dastur aynan Siz uchun. Ta’lim jarayonida o‘ta katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun IBM Puredata for Analytics (Netezza) apparat-dasturiy majmuasi, shuningdek, yuqori unumdor NVIDIA® DGX hisoblash stansiyasidan foydalaniladi.








