Dastur haqida
Ta’lim dasturi texnik, mexanik va tashkiliy tizimlar hamda jarayonlarni modellashtirish va tadqiq etishga qodir bitiruvchilarni tayyorlaydi. Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari yuqori malakali olimlar va tadqiqotchilar, bilimli muhandislar va dasturchilar, iste’dodli hamda muvaffaqiyatli menejerlar bo‘lib yetishadilar. Matematika, mexanika va informatika bitiruvchining kelajakdagi faoliyat sohasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, shaxsiy rivojlanish uchun mustahkam poydevor yaratadi. Mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlariga katta e’tibor qaratiladi.








