Dastur haqida
Dastur axborot texnologiyalaridan foydalangan holda iqtisodiy ko‘rsatkichlar hamda ishlab chiqarish jarayonining texnik va texnologik xususiyatlarini tahlil qilish asosida biznes-jarayonlarni boshqara oladigan mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim dasturini amalga oshirishga nufuzli olimlar va IT sohasining yetakchi mutaxassislari jalb etiladi. Shu bois o‘quv jarayoni zamonaviy iqtisodiyotdan olingan amaliy misollar va dolzarb keyslar bilan boyitiladi. Magistr turli darajadagi tashkilotlarning biznes-jarayonlarini modellashtirish, tahlil qilish va boshqarish ko‘nikmalarini egallaydi. Bu unga jamoada ilg‘or boshqaruvchi bo‘lishga yordam beradi.








