Dastur haqida
Dastur psixologiya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ta'lim davomida talabalar xorijiy va mahalliy psixologiyada shakllangan psixologik maslahat berishning asosiy yondashuvlari, uning tuzilishi, shuningdek, mijoz bilan ishlash texnikalari bilan tanishadilar. Konsultativ psixologiyaning asosiy nazariy yo'nalishlarini bilib olishadi, konsultativ psixologiya tamoyillari va texnikalari hamda psixoterapiya usullari bilan tanishadilar. Talabalar individual va guruhiy psixologik maslahatlashni tashkil qilish va o'tkazishni o'rganadilar.










