Dastur haqida
Korporativ magistratura dasturi transport modellashtirish sohasidagi yetakchi SIMETRA kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Dasturdan ko‘zlangan maqsad transport tizimlarini rivojlantirish sohasida amaliyotga yo‘naltirilgan kadrlar tayyorlashdir. Ta’lim uchta professional trekka integratsiya qilingan: makoniy iqtisodiyot va rejalashtirish, transportni rejalashtirish va modellashtirish, transport infratuzilmasini boshqarish. Talabalar Politeхning ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarida ishlaydi, hamkorlar (SIMETRA va Tashqi transport agentligi) taqdim etgan real keislarni hal qiladi hamda raqamlashtirish va aqlli shaharlarni rivojlantirishga qaratilgan tarmoq loyihalarida ishtirok etadi.










