Dastur haqida
Magistratura dasturi tashqi savdo faoliyatining barcha yo‘nalishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beruvchi kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga hamda mehnat bozorida ushbu mutaxassislarga bo‘lgan tanqislikni bartaraf etishga qaratilgan. Dasturning missiyasi zamonaviy jahon standartlari hamda fundamental va tarmoq fanlarining rivojlanish yo‘nalishlariga muvofiq savdo sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash shart-sharoitlarini yaratish, shu orqali savdo tarmog‘ining barqaror innovatsion rivojlanishini ta’minlash va uning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. 2025-yilda Indoneziyadagi Gunadarma universiteti bilan 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab ikki diplomli dasturni amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.









