Dastur haqida
Dastur turli maqsadlarga mo‘ljallangan transport vositalari, shuningdek, ularning tizimlari, agregatlari va uzellarini loyihalash, ishlab chiqarish hamda texnik xizmat ko‘rsatish sohasida mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Ta’lim jarayonida avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlariga alohida e’tibor qaratiladi. O‘rganishning va kelgusidagi kasbiy faoliyatning asosiy obyektlari g‘ildirakli transport vositalari, jumladan, yengil avtomobillar, yuk avtomobillari, avtobuslar, yuqori o‘tuvchanlikka ega harbiy-transport vositalari va traktorlar hisoblanadi.










