Dastur haqida
Bakalavriat dasturi menejment va biznes sohasidagi mutaxassislarni: marketing, logistika, moliyaviy menejment, kadrlar boshqaruvi xizmatlari va tashkilotlar boshqaruv apparatining boshqa bo‘limlari mutaxassislarini tayyorlashga, shuningdek, o‘z, jumladan xalqaro biznesini yaratish va rivojlantirishga tayyorlashga qaratilgan. Talabalar menejment va biznesning turli sohalarida keng ko‘lamli kompetensiyalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan integratsiyalashgan yondashuv bitiruvchilarga tashkilot ichida vertikal hamda gorizontal yo‘nalishda harakatlanib, boshqaruvning turli funksional sohalarida (marketing, logistika, moliya, loyiha rivojlantirish, xodimlar, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy faoliyat va h.k.) tajriba orttirgan holda karyera qurish imkonini beradi









