Dastur haqida
Korporativ axborot tizimlari (ERP-tizimlar) mustaqil axborot tizimlari sinfini tashkil etadi. Ular korxonaning yagona axborot makonini qurish, kompaniyaning ishlab chiqarish, sotish va buyurtmalarni hisobga olish bilan bog'liq barcha resurslarini samarali boshqarish uchun mo'ljallangan. Bunday tizimlarni yaratish, shuningdek, ularning komponentlarini joriy etish va hayot siklining barcha bosqichlarida kuzatib borish bitiruvchilarning ustuvor vazifasi hisoblanadi.










