Dastur haqida
Ushbu dastur 2 ta profilni o‘z ichiga oladi: telekommunikatsiyalar va «Internet buyumlari» sohasida dasturiy-apparat muhandisligi; dasturiy jihatdan konfiguratsiyalanadigan simsiz infokommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari. Bu IT va muhandislik tutashgan nuqtadagi noyob zamonaviy yo‘nalishdir. Dasturning asosiy maqsadi zamonaviy aloqa tizimlari va tarmoqlarini ishlab chiqish, joriy etish hamda ulardan foydalanishga qodir mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Dastur talabalarida simli, radio va optik tizimlarda axborotni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash texnologiyalari bilan ishlash uchun zarur kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ta’lim rus tilida olib boriladi.







