Dastur haqida
Mazkur dastur 2 ta profilga ega: Elektroximiyaviy ishlab chiqarish texnologiyasi; Tabiiy energiya tashuvchilari va uglerodli materiallarning kimyoviy texnologiyasi. Dasturdan ko‘zlangan maqsad — turli moddalar va materiallarni ishlab chiqarishdagi kimyoviy-texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, tashkil etish va boshqarish, ularning samaradorligi, xavfsizligi hamda ekologik tozaligini ta’minlay oladigan mutaxassislarni tayyorlash. Ta’lim rus tilida olib boriladi.







