Dastur haqida
Ta’lim dasturi gidroenergetika sohasidagi kasbiy standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, fundamental fanlarni chuqur o‘rganish, qayta tiklanuvchi energetika, rele himoyasi, energetika uskunalaridan foydalanish va ularni ta’mirlash, shuningdek, axborot texnologiyalari bo‘yicha maxsus modullarni o‘z ichiga oladi. O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari nazariy tayyorgarlikni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishga yordam beradi hamda kasbiy sohada texnologik, ekspluatatsion va ilmiy-tadqiqot vazifalarini hal etishga tayyorlikni shakllantiradi.







