Dastur haqida
Dastur kimyo sanoati, neft-kimyo va biotexnologik ishlab chiqarishlarda energiya hamda xomashyo resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan texnologiyalarni ishlab chiqish, joriy etish va optimallashtirishga qodir mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Asosiy e’tibor energiya tejamkor, ekologik toza va xavfsiz texnologik jarayonlarni yaratish hamda ulardan foydalanishga qaratiladi. Dastur fundamental bilimlarni sanoatda ishlash uchun zarur amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtiradi.







