Dastur haqida
Mazkur magistratura ta’lim dasturi zamonaviy molekulyar biologiya muammolarini mustaqil hal qila oladigan yuqori malakali biokimyogarlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Talabalar turli tashkiliy darajadagi tirik tizimlarni tadqiq etishning ilg‘or usullarini o‘zlashtirib, olingan natijalarni xo‘jalik va tibbiyot maqsadlarida qo‘llashni o‘rganadilar. Bitiruvchilar fan va ta’lim sohasida, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlarida, shuningdek, dori vositalarini ishlab chiqish va ularning biologik xavfsizligini nazorat qilish hamda biotibbiy texnologiyalar yaratish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda talab yuqori bo‘lgan mutaxassislardir.







