Dastur haqida
Mazkur magistratura ta’lim dasturi kompaniya faoliyatining o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki yo‘nalishi — marketing va savdo bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Talabalar biznesning tijoriy muvaffaqiyati va bozordagi raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini boshqarishni o‘rganadilar. Ta’lim jarayonida real biznes vaziyatlarini tahlil qilish, biznes loyihalarini tayyorlash, guruh muhokamalari hamda savdoni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishga ustuvor ahamiyat beriladi.







