Dastur haqida
Mazkur magistratura ta’lim dasturi jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyat ishlari bo‘yicha sud ish yuritish va huquqbuzarliklarni fosh etish sohasida yuqori malakali yuristlarni tayyorlashga qaratilgan. Talabalar jinoyat protsessining dolzarb muammolari, kriminalistikaning zamonaviy usullari, tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi hamda sud ekspertizalarini tayinlashning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘rganadilar.







