Dastur haqida
Mazkur magistratura ta’lim dasturi madaniyatlararo kommunikatsiya sohasida yuqori malakali tarjimonlar va tadqiqotchilarni tayyorlashga qaratilgan. Talabalar yozma va og‘zaki tarjima nazariyasi hamda amaliyotini, tarjimani avtomatlashtirishning zamonaviy raqamli vositalarini (CAT tizimlari), shuningdek, ixtisoslashtirilgan matnlarni tahrirlash xususiyatlarini chuqur o‘rganadilar.







