Dastur haqida
Magistr ushbu yo'nalishda quyidagilar uchun tayyorlangan: ommaviy axborot vositalarining faoliyatini o'rganish bilan shug'ullanadigan tadqiqot markazlarida, muassasalarda, bo'limlarda; ommaviy axborot vositalarida (gazetalar, jurnallar, televideniye, radioeshittirish, axborot agentliklari, Internet-OAV) va tegishli axborot-kommunikatsiya faoliyat sohalarida (nashriyot, matbuot xizmatlari, reklama va PR agentliklari); davlat va nodavlat jurnalistik o'quv yurtlarida.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Jurnalist va muharrir: yangiliklar va tahliliy materiallar tayyorlash, reportajlar olib borish, bosma, elektron va raqamli OAVda muharrir bo'lib ishlash, Muxbir va dastur boshlovchisi: teleradiodasturlar va boshqa medialoyihalarni yaratishda ishtirok etish, Mediakontent tadqiqotchisi va jamoatchilik fikri tahlilchisi, Media-menejer va prodyuser: medialoyihalar ishlab chiqarishni tashkil etish va muvofiqlashtirish va ijodiy jamoalarni boshqarish, PR mutaxassisi va jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassis, Raqamli marketing va SMM bo'yicha mutaxassis, Kontent-menejer va kopirayter, Jurnalistika va media sohasida ilmiy xodim va o'qituvchi.