Dastur haqida
Hozirgi vaqtda butun dunyoda biotexnologiyalar va ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarga qiziqish ortib bormoqda. Biotexnologik kompaniyalar va ilmiy institutlar muhandislik, biologiya va mikrobiologiya, texnologiyalar, bioformatika va biokimyoni o'z ichiga olgan turli sohalarda bilim va ko'nikmalarga ega mutaxassislarga muhtoj. Ushbu dasturda o'qish sizga biotexnik tizimlar sohasida bilim va amaliy ko'nikmalarni, shuningdek, biologik preparatlar, dori vositalari va tibbiy mahsulotlarni ishlab chiqarishda qo'llaniladigan texnologiyalarni o'rganish imkonini beradi.










