Dastur haqida
Dastur sanoat korxonalari, tashkilotlar va boshqa iste’molchilarning elektr ta’minoti tizimlarini loyihalash, hisoblash va ishlatish sohasida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Ta’lim jarayoni elektr tarmoqlarining ishlash tamoyillari, elektr uskunalarini tanlash, elektr yuklamalarini hisoblash, elektr ta’minotining sifati va ishonchliligini ta’minlash masalalarini qamrab oladi. Muhandislik yechimlarini ishlab chiqish, elektr ta’minoti tizimlarini avtomatlashtirish va elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishga alohida e’tibor beriladi.












