Dastur haqida
SANOAT DIZAYNI
Ta’lim kasbiy moslashuvga, kasbiy tilni o‘rganishga, dizayn va loyiha usullarini o‘zlashtirishga, shuningdek, tanlangan ta’lim profili bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni egallashga qaratilgan. Talabalarning kasbiy tayyorgarligi o‘quv jarayonini real ishlab chiqarish bilan maksimal darajada bog‘lash asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Sanoat dizayni kafedrasi bitiruvchisi — ijodiy industriya sohasida faoliyat yurita oladigan mutaxassis bo‘lib, u sanoat dizayneri, transport vositalari dizayneri, predmet dizayneri, konsept-rassom/dizayner, CMF dizayneri, vizualizatsiya dizayneri, dizayner-3D-modellashtiruvchi, UX/UI-dizayner, ergonomika dizayneri, maket va prototiplar tayyorlash bo‘yicha mutaxassis sifatida ishlashi mumkin. Ushbu yo‘nalish bitiruvchilariga interyer dizayni, muhit dizayni, grafik dizayn, media dizayni, geym-dizayn va mebel dizayni kabi turdosh sohalarda ham ko‘pincha talab yuqori bo‘ladi.