Dastur haqida
Talabalar algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmalari, dasturlash tillari, kompyuter arxitekturasi, operatsion tizimlar va kompyuter tarmoqlari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, ma’lumotlar bazalari va axborot-qidiruv tizimlari, sun’iy intellekt va robototexnika, kompyuter grafikasi fanlarini o‘rganadilar hamda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish texnologiyalarini egallaydilar.











