Dastur haqida
Ushbu yo‘nalish ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun sanoatning turli tarmoqlarida qo‘llaniladigan mashina va uskunalarni loyihalash, ishlab chiqish hamda ulardan foydalanishga qaratilgan. Ta’lim yo‘nalishi samarali va ishonchli uskunalarni yaratish uchun muhandislik fanlarini innovatsion texnologiyalar bilan uyg‘unlashtiradi.











