Dastur haqida
Dastur sun'iy intellekt va mashinaviy o'rganish sohasida tadqiqotlar va ishlab chiqishlar olib borish, shuningdek, ushbu sohalarda amaliy vazifalarni hal qilish qobiliyatiga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. U axborot texnologiyalari, ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash usullari, intellektual tizimlar ishlash tamoyillari, bilim muhandislik usullari, mashinaviy o'rganish modellari, sun'iy intellekt modellari, ma'lumotlarni intellektual tahlil qilish masalalari bo'yicha materiallarni o'rganishni nazarda tutadi.








