Dastur haqida
Ushbu dastur yirik media xoldinglarida, ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, transmedia loyihalariga ixtisoslashgan hamda targ‘ibot va marketing xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalarda talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Zamonaviy multimedia prodyuseri — menejer, kreativ mutaxassis, strateg, psixolog, inqiroz menejeri va kommunikator hisoblanadi. Dasturning asosiy vazifasi bo‘lajak mutaxassisda ushbu sohalar uchun zarur kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.








