Dastur haqida
Dasturning asosiy maqsadi sharq tilini mukammal egallagan hamda zamonaviy Sharq mamlakatlaridagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy jarayonlar haqida tizimli tasavvurga ega mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Dastur Arab Sharqiga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘quv rejasining katta qismi mintaqaning tili, madaniyati va tarixini, shuningdek, uning zamonaviy siyosiy va madaniy manzarasini o‘rganishga bag‘ishlangan.








