Dastur haqida
Dasturdan ko‘zlangan maqsad — moliya bozorlarida samarali xulq-atvor strategiyasini shakllantira oladigan, tashkilotning barqarorligi va iqtisodiy o‘sishini oshirishga qaratilgan innovatsion moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlarni taklif eta oladigan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash. Dasturning raqobatdosh ustunliklari: dolzarb akademik bilimlar va amaliy keyslarning uyg‘unligi; ijtimoiy (“yumshoq”) va texnik (“qattiq”) ko‘nikmalarni rivojlantirish; moliyaviy-iqtisodiy tadqiqotlar jarayonida ilmiy g‘oyalarni rivojlantirish; zamonaviy raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.








