Dastur haqida
Dasturdan maqsad — xalqaro kompaniyalarni boshqarish sohasida samarali boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan strategik fikrlash, amaliy bilimlar hamda tahliliy ko‘nikmalarga ega yangi avlod professional menejerlarini tayyorlash. Dasturning afzalliklari: xalqaro faoliyat bilan bog‘liq istiqbolli fanlarni o‘rganishda amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv; chet tilini chuqur o‘rganish, bir qator fanlarning chet tilida o‘qitilishi; xalqaro kompaniyalarning real keyslarini o‘rganish; amaliyotchi mutaxassislarni taklif etish; sohaning eng yaxshi vakillaridan karyera bo‘yicha maslahat olish imkoniyati.








