Dastur haqida
Restavratorlar keng gumanitar tayyorgarlikni, jumladan san’at tarixini, tanlangan yo‘nalishni chuqur o‘rganishni (materiallar bo‘yicha ixtisoslashuv: keramika, tosh, metall, yog‘och, to‘qimachilik, tempera rangtasviri, qog‘oz — grafika, kitoblar va arxiv materiallari) hamda amaliy kasbiy ko‘nikmalarni egallashni nazarda tutuvchi noyob ta’lim dasturi asosida tayyorlanadi.








