Dastur haqida
Dasturning maqsadi — moliya bozorlarida samarali faoliyat yuritish strategiyasini ishlab chiqishga, tashkilotning barqarorligi va iqtisodiy o‘sishini oshirishga qaratilgan innovatsion moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlarni taklif etishga qodir yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash. Dasturning raqobatdosh ustunliklari: zamonaviy akademik bilimlar va amaliy keyslarni uyg‘unlashtirish; ijtimoiy («yumshoq») va texnik («qattiq») ko‘nikmalarni rivojlantirish; moliyaviy-iqtisodiy tadqiqotlar jarayonida ilmiy g‘oyalarni rivojlantirish; zamonaviy raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.












