Dastur haqida
«Kompyuter tizimlari xavfsizligi (iqtisodiyot va boshqaruvda)» ta’lim dasturi iqtisodiy axborotni himoya qilish va axborot texnologiyalari sohalarida ishlay oladigan talabalarda bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Dastur kiberxavfsizlik jihatlarini o‘rganishga professional yondashuvni nazarda tutadi: talabalar operatsion tizimlar va kompyuter tarmoqlari xavfsizligi, kriptografik usullar, ma’lumotlar bazalari xavfsizligi hamda dasturlash tillarini (C, C++, Python, PHP) o‘rganadilar. Bundan tashqari, ta’lim jarayoni umumiy iqtisodiy, moliyaviy, matematik va texnik fanlarni, shuningdek, chet tilini o‘zlashtirishni ham o‘z ichiga oladi.











