Dastur haqida
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro bozorlar” ta’lim dasturi ishlab chiqarish korxonalari va moliyaviy tashkilotlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari hamda xatarlarini aniqlay oladigan, tovar va moliya bozorlari kon’yunkturasini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, kompaniyalarni xalqarolashtirish strategiyalarini ishlab chiqishga qodir mutaxassis-analitiklarni tayyorlaydi. “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro bozorlar” profili “Iqtisodiyot” yo‘nalishi talabalari tomonidan 2-kursda tanlanadi.











