Dastur haqida
«Korxonalar va tashkilotlar iqtisodiyoti» dasturi turli mulkchilik shakllari va iqtisodiy faoliyat turlariga ega korxona hamda tashkilotlarning iqtisodiy va moliya bo‘limlari, bo‘linmalarida ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Mazkur dastur universal bo‘lib, barcha iqtisodiy bo‘limlarda, shuningdek, korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarishni texnik tayyorlash hamda investitsion rivojlantirish bo‘limlarida talab yuqori bo‘lgan lavozimlarda amaliy faoliyat yuritish uchun to‘liq va tizimlashtirilgan bilimlarni beradi. «Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishi talabalari «Korxonalar va tashkilotlar iqtisodiyoti» profilini 2-kursda tanlaydilar.











