Dastur haqida
“Logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarish” ta’lim dasturi iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarish sohasida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Dastur mehnat bozorini olgan bilim va ko‘nikmalarini real logistika biznesida qo‘llay oladigan yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga qaratilgan. Dastur doirasida ta’limning amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvi, shuningdek, talabalarning jadal loyiha va ilmiy-tadqiqot faoliyati amalga oshiriladi. “Logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarish” profilini “Menejment” yo‘nalishi talabalari 2-kursda tanlaydilar.











