Dastur haqida
“Media mahsuloti va raqamli kommunikatsiyalar” ta’lim dasturi zamonaviy media mahsulotlarini yaratuvchi hamda kompaniya, brend yoki loyihaning raqamli kommunikatsiyalarini yo‘lga qo‘yuvchi mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta’lim to‘liq siklni qamrab oladi: konsepsiyani ishlab chiqish va media kontent yaratishdan tortib, uni ilgari surish, ma’lumotlarni tahlil qilish va monetizatsiyagacha. “Reklama va jamoatchilik bilan aloqalar” yo‘nalishi talabalari “Media mahsuloti va raqamli kommunikatsiyalar” profilini 2-kursda tanlaydilar.











