Dastur haqida
«Tashqi iqtisodiy faoliyatda bojxona xizmatlari» ta’lim dasturi bojxona operatsiyalarini amalga oshirish, bojxona qiymatini aniqlash va bojxona to‘lovlarini hisoblash, bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish hamda tovarlarni tasniflash sohalarini qamrab oladi. An’anaviy fanlardan tashqari, talabalarga nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish, tashqi savdo bitimini hujjatlashtirish va loyiha faoliyati bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish imkonini beruvchi amaliy fanlar ham o‘qitiladi. «Tashqi iqtisodiy faoliyatda bojxona xizmatlari» profilini talabalar «Bojxona ishi» yo‘nalishida tahsil olish jarayonida tanlaydilar.











