Dastur haqida
“Iqtisodiyot va boshqaruvda raqamli texnologiyalar” ta’lim dasturi kuchli tahliliy, tadqiqot va yetakchilik sifatlariga, shuningdek, loyihaviy jamoaviy ish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlaydi. Ushbu kompetensiyalar ularga raqamli ekotizimlarda, jumladan, tarmoq, korporatsiya yoki alohida kompaniyaning raqamli transformatsiyasi sharoitida iqtisodiyot va boshqaruvga oid amaliy vazifalarni hal etishda uzluksiz raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va qo‘llash imkonini beradi.











