Dastur haqida
«Korporativ moliya va biznesni baholash» ta’lim dasturi kompleks yondashuvi bilan ajralib turadi va korporativ moliya hamda biznesni baholash sohalarida chuqur bilim va professional ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi. Bitiruvchilar keyinchalik iqtisodiyotning istalgan tarmoq va sohalarida ilmiy-tadqiqot, tahliliy va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.











