Dastur haqida
“Turizm industriyasida biznes jarayonlarini boshqarish” ta’lim dasturi biznes jarayonlarini tashkil etish, tahlil qilish, modellashtirish va kompleks boshqarish, shuningdek, turizm bozorlarida raqobat ustunliklarini ta’minlash maqsadida korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga risklar ta’sirini kamaytirish sohasida asosiy kompetensiyalarni egallashga yo‘naltirilgan. Bitiruvchilar pedagogik va ilmiy faoliyatga tayyorgarlikni davom ettirishlari, davlat tuzilmalari va turizm sohasidagi tijorat korxonalarida boshqaruvchi sifatida faoliyat yuritishlari, o‘z bizneslarini tashkil etishlari va uni muvaffaqiyatli boshqarishlari mumkin.











