Dastur haqida
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ta’lim ikki kasbiy faoliyat sohasida — ta’lim va fan sohalarida — malakali mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutadi. Bitiruvchilar asosiy filologik fanlar: zamonaviy rus tili, rus tili tarixi, rus adabiyoti tarixi, xorijiy adabiyot tarixi, tilshunoslik va adabiyotshunoslik metodologiyasi, rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi bo‘yicha fundamental tayyorgarlik oladilar. Tanlov fanlarini o‘zlashtirish jarayonida zamonaviy filologiyaning dolzarb masalalarini chuqur o‘rganadilar hamda kasbiy-pedagogik, metodik, ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma’rifiy faoliyat uchun zarur ko‘nikma va malakalarni egallaydilar.











