Dastur haqida
«Madaniyatshunoslik va urbanistika fanlarini o‘qitish» magistratura dasturi noyob va fanlararo bo‘lib, pedagogika, madaniyatshunoslik va urbanistikani o‘zida birlashtiradi. Dastur ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish, ekspert-tahliliy va ilmiy faoliyat uchun mutaxassislar tayyorlaydi. Ikki yil davomida talabalar jahon madaniyatlari, madaniyatlararo muloqot, globallashuv va raqamlashtirish muammolari, shuningdek, shaharning tarixiy va istiqbolli rivojlanishdagi fenomeni haqida bilim oladilar. Bitiruvchilar madaniyatshunoslik va urbanistikaga oid matnlarni tahlil qilish, shahar muammolarini prognozlash hamda shahar muhitidagi faoliyatni loyihalash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.











