Dastur haqida
Mazkur profil iqtisodiyot bo‘yicha bakalavrlarni har qanday korporativ turdagi tashkilotlarda, xoldinglarda va tarmoq tuzilmalarida tashkiliy-boshqaruv, tahliliy va tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlashning tubdan yangi vazifalarini hal etishga qaratilgan bo‘lib, u tashkiliy ierarxiyaning barcha darajalarida — direktorlar kengashi va bosh direktordan tortib iqtisodchi-menejergacha — iqtisodiyot hamda boshqaruv texnologiyalarini o‘rganishga asoslanadi.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Bitiruvchilar faoliyatning turli sohalaridagi tashkilotlar xizmatlari va bo‘limlari rahbarlari, loyihaga yo‘naltirilgan kompaniyalar (qurilish, ishlab chiqarish, ijtimoiy soha, ta’lim va boshqalar), banklar, davlat boshqaruvi tuzilmalari, biznes-tahlilchilar, risk-menejerlar, har qanday darajadagi loyiha menejerlari, investitsiyalarni jalb etish sohasidagi mutaxassislar va ekspertlar, moliyaviy masalalar va investitsiyalar bo‘yicha maslahatchilar sifatida ishlaydilar, shuningdek, o‘z bizneslarini yaratib, uni boshqarishlari ham mumkin.