Dastur haqida
“Tashkilotlar iqtisodiyoti: biznes-tahlil va samaradorlikni boshqarish” dasturi iqtisodiy nazariya va amaliyotni chuqur bilishga asoslanib biznes-tahlil vazifalarini malakali hal qila oladigan, tashkilotlarda ularning tashkiliy-iqtisodiy rivojlanishi va manfaatdor tomonlar manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zgarishlar o‘tkazish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun biznes muammolarini aniqlay oladigan biznes-analitiklar va iqtisodchi-menejerlarni tayyorlashga qaratilgan.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Bitiruvchilar tashkilotlar va ularning funksional bo‘linmalari rahbarlari, iqtisodchi-menejerlar, iqtisodchi-analitiklar, boshqaruv tizimlari va tashkilotlar bo‘yicha biznes-analitiklar sifatida turli faoliyat turlari va mulkchilik shakllaridagi korxonalarning iqtisodiy, moliyaviy, marketing, ishlab chiqarish-iqtisodiy va tahliliy xizmatlarida, moliyaviy, kredit va sug‘urta muassasalarida, davlat va munitsipal hokimiyat organlarida, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida, oliy va o‘rta professional ta’lim tizimi muassasalarida ishlaydilar.