Dastur haqida
Amaldagi qonunchilik va professional standartlarga muvofiq, dori vositalarining muomalasi sohasida uzluksiz farmatsevtik faoliyatni amalga oshirishga yo‘naltirilgan mutaxassislarni tayyorlash. Bitiruvchiga sog‘liqni saqlash, ta’lim va fan sohalarida faoliyat yuritish jarayonida vazifalarni hal etish imkonini beruvchi farmatsevtning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish. Dori vositalarining muomalasi sohasida, jumladan tadqiqotlar, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlash, tashish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, sotish, reklama qilish, qo‘llash hamda yo‘q qilish bo‘yicha tayyorgarlik.








